Men haqimda

πββοΈMen haqimda: ya'ni guruh Admini @TeacherGulchehra
Men β o'z hayotini ilm va ma'rifatga bag'ishlagan o'qituvchiman.
Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 17-maktabda oliy toifali ingliz tili fani o'qituvchisi sifatida 9 yildan buyon faoliyat olib boryapman.
Har bir o'tilgan kun β bilimga, fidoyilikka va kelajak avlodni tarbiyalashga qo'shilgan kichik, ammo muhim hissa.
Men hech qachon o'z ustimda ishlashdan, o'sish va rivojlanishdan to'xtamaganman.
Natijada, 2022-yilda Multilevel, Aptis, DTM sertifikatlarini, 2024 va 2025-yillarda esa TKT sertifikatlarini muvaffaqiyatli qo'lga kiritdim.
Bu sertifikatlar β mening mehnatim, matonatim va ilmga sadoqatimning tirik guvohidir.
O'z tajribamni boshqalar bilan ulashish maqsadida, so'nggi ikki yil davomida 3 000 nafarga yaqin ustozlarimizning attestatsiya imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tishiga ko'maklashdim.
Har bir ustozning yutug'i β mening shaxsiy g'ururim va ta'lim sohasiga qo'shilgan hissamdir.
Men hayotning sinovlaridan cho'chimadim.
Har bir qiyinchilik meni yanada kuchliroq, qat'iyroq va maqsad sari dadilroq qadam tashlaydigan shaxsga aylantirdi.
Chunki men ishonaman:
"Buyuk orzular faqat sabr va mehnat bilan amalga oshadi."
Men β oilali insonman.
Ikki nafar farzandim hayotimning eng katta ilhomi va oldinga intilishimning kuchli sababi.
Ular uchun, o'z orzularim uchun, o'z Vatanim uchun har doim ilm izlab, o'rganishda davom etaman.
Bugun men o'z hayotimda bir haqiqatni chuqur anglaganman:
"Ilm yo'li β eng og'ir, lekin eng sharafli yo'l."
"To'xtash β ortga qaytishdir. Oldinga qadam tashlash esa β orzular sari yo'ldir."
Va men bu yo'ldan hech qachon chekinmayman!
Endi esa, yangi kursim davomida sizni ham xuddi shunday natijalarga olib chiqishga va orzularingiz sari yetaklashga tayyorman!
Shu yergacha o'qib keldingizmi endi bittagina reaksiya bosib qo'yamizπ